“BUXOROENЕRGOMARKAZ” AJ

aksiyadorlari dikkatiga!

“Buxoroenergomarkaz” AJ ushbu bilan shuni ma’lum qiladiki, 2023 yil 27 iyun kuni soat 10.00 da 2022 yil yakunlari bo‘yicha “Buxoroenergomarkaz” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2023 yil 27 iyun kuni soat 90.30 dan soat 10.00 gacha davom etadi.

Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish manzili: Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 5-uy

Elektron pochta manzili: enmarkaz@umail.uz

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibi quyidagicha:

KUN TARTIBI:

1. Sanoq komissiyasining a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash

2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2022 yilda bajargan ishlari yuzasidan hisobotini eshitish va tasdiqlash.

4. 2022 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha jamiyat boshqaruv raisi (direktori) ning hisobotini eshitish va tasdiqlash.

5. Jamiyat tashqi auditorining 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.

6. Jamiyatning 2022 yil uchun yillik moliyaviy hisobotini tasdiqlash.

7. Jamiyatning 2023 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.

8. Jamiyat ijroiya organi rahbari (direktori) bilan tuzilgan mehnat shartnomaning muddatini uzaytirish yoki bekor qilish.

9. 2023 yil uchun jamiyat tashqi auditorini xamda unga to‘lanadigan xizmat xaqining eng ko‘p miqdorini tasdiqlash.

10. Jamiyatning joylashtirilmagan emitent hisobida bo‘lgan 104 650 dona oddiy aksiyalarni bekor qilish.

11. “Buxoroenergomarkaz” AJ ning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

12. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarning reyestri 23.06.2023 yil holatida shakllantiriladi.

Ushbu umumiy yig‘ilishda ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan axborot (materiallar) bilan mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar “Buxoroenergomarkaz” AJ ning ma’muriy binosida (manzil: Buxoro sh. Alpomish ko‘ch. 5-uy) soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +99878 770-01-80