Faoliyat haqida
1.Jamiyatning nomlanishi:
to‘liq nomi – “Buxoroenergomarkaz” aksiyadorlik jamiyati.
qisqa nomi – “Buxoroenergomarkaz” AJ.
2.Tashkiliy – huquqiy shakli: Aksiyadorlik jamiyati.
3.Jamiyatning yuridik va aloqa manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi 5-uy.
4.Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va raqami: 11.07.2011 yilda №522-son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan. 04.07.2016 yilda №360-son raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
-«Buxoroenergomarkaz» AJ 1979 yilda ish faoliyatini boshlagan;
-Jamiyatda 1 ta suv istish qozoni hamda 7 ta bug‘ qozonlari mavjud; -Ishlab chiqarish quvvati 295,0 Gkal soatni tashkil etadi;
-Asosiy yoqilg‘i tabiiy gaz;
- Qozonxona Buxoro shahar 4 va 6 kichik nohiyalar hududidagi ko‘p qavatli uy-joy fondini (198 ta ko‘p qavatli uy), 32 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 61 ta issiqxonalar (76 ga) hamda boshqa faoliyat turidagi 24 ta iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ravishda ta’minlaydi;
-Ishlab chiqarishda GM 50/14 markali bug‘ qozonlari ishlab chiqargan bug‘ issiqlik almashuvchi uskuna (teploobmennik) orqali issiq suv holatidagi issiqlik energiyasiga aylantiriladi va D-1250/125 markali tarmoq nasoslari orqali iste’molchilarga yetqazib beriladi; -Yiliga o‘rtacha 300,0 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
5.Jamiyatning rekvizitlari: AT “Uzsanoatqurilishbank” Buxoro viloyat mintaqaviy filiali, x/r: 20210000700487304001, MFO: 00086, STIR: 201430639. 6.Jamiyat Ustav fondi 644 854,0 ming so‘m, 644 854 dona aksiyani tashkil etadi.
Jumladan:
• Yuridik shaxslar ulushi 79,31%, 489 769,0 ming so‘m, 489 769 dona aksiya;
• Jismoniy shaxslar ulushi 20,69%, 155 085,0 ming so‘m, 155 085 dona aksiya;