“BUXOROENЕRGOMARKAZ” AJ

aksiyadorlari dikkatiga!

“Buxoroenergomarkaz” AJ ushbu bilan shuni ma’lum qiladiki, 2022 yil 27 iyunda kuni soat 11.00 da 2021 yil yakunlari bo‘yicha “Buxoroenergomarkaz” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2022 yil 27 iyun kuni soat 10.30 dan soat 11.00 gacha davom etadi.

Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish manzili: Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 5-uy

Elektron pochta manzili: enmarkaz@umail.uz

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibi quyidagicha:

KUN TARTIBI:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

2. Sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yilda bajargan ishlari yuzasidan xisobotini eshitish va tasdiqlash.

4. 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha jamiyat boshqaruv raisi (direktor)ning xisobotini eshitish va tasdiqlash.

5. Jamiyat taftish komissiyasining 2021 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha xisobotini eshitish va tasdiqlash.

6. Jamiyat tashqi auditorining 2021 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.

7. Jamiyatning 2021 yillik moliyaviy hisobotini tasdiqlash.

8. “Buxoroenergomarkaz” AJning kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

9. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini qayta saylash.

10. 2022 yil uchu jamiyat tashqi auditorini xamda unga to‘lanadigan xizmat xaqining eng ko‘p miqdorini tasdiqlash.

Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarning reyestri 23.06.2022 yil holatida shakllantiriladi.

Ushbu umumiy yig‘ilishda ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan axborot (materiallar) bilan mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar “Buxoroenergomarkaz” AJ ning ma’muriy binosida (manzil: Buxoro sh. Alpomish ko‘ch. 5-uy) soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon:

(0 365) 222-80-40

(0 365) 222-74-17